1 iyun kuni Politico naşri uç nafar yevropalik diplomatga tayanib, Yevropa Ittifoqi davlatlari guruhi Yevropada boşpana beriş rad etilgan migrantlar uçun 8–10 ta mamlakat hududida markazlar taşkil etişni taklifi haqida yozdi.
Suhbatdoşlardan birining naşrga ma’lum qilişiça, Özbekiston va Qozoğiston noqonuniy migrantlarni uçinçi davlatlarga badarğa qiliş jarayonida YeIning ehtimoliy hamkorlari qatoridan joy olişi mumkin.
Uşbu ma’lumotlarga köra, bunday markazlarni (Return Hubs — qaytariş xablari) taşkil etiş ustida Niderlandiya, Avstriya, Daniya, Germaniya va Gretsiya birgalikda iş olib bormoqda. «Bu har ikki tomonning manfaatlariga javob beradigan yeçim sifatida qabul qilinişi kerak», degan Politico suhbatdoşlaridan biri. Uning sözlariga köra, buning evaziga hamkor davlatlarga rivojlaniş uçun yordam pullari yoki viza rejimini liberallaştiriş taklif qilinişi mumkin.
Yevroittifoq davlatlari Ruandadagi noqonuniy migrantlarni deportatsiya qiliş markazi atrofidagi mojaro, şuningdek, Italiya va Albaniya örtasidagi şunga öxşaş kelişuvga nisbatan huquqiy e’tirozlar tufayli ehtimoliy muzokaralar iştirokçilarini oçiqlaşdan çöçimoqda, deb qayd etadi naşr.
«Yil oxirigaça loyihaning aniq rejasiga ega böliş, ya’ni kamida bitta davlat real muzokaralarga tayyorligini bildirişi yaxşi natija bölar edi», deya ta’kidlagan yana bir diplomat anonimlik şarti bilan.
Navbatdagi yiğilişda deportatsiya markazlarini taşkil etiş muddatlari belgilanişi kerak. Naşrga köra, Fransiya va Germaniya deportatsiya markazlari faoliyatini zudlik bilan boşlaşni talab qilmoqda. YeIning qator boşqa davlatlari esa öz huquqiy bazalarini yangi normalarga muvofiqlaştiriş uçun muddatni keçiktirişni söramoqda. Yevroparlament ham yangi çoralarni zudlik bilan kuçga kiritişni talab qilmoqda.
Özbekiston va Qozoğiston rad qildi
Özbekiston taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Omonulla Fayziyevning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, «uşbu kötarilgan masala haqiqatga töğri kelmaydi». TIV sözçisi boşqa tafsilotlarga töxtalmadi.


















