Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi
Uning uzunligi 7 kilometr bo‘ladi va qurilish davlat-xususiy sherikchiligi asosida amalga oshiriladi.
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari orasidagi Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov parlament yig‘ilishida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tunnel uzunligi 7 kilometr bo‘ladi va qurilish davlat-xususiy sherikchiligi asosida amalga oshiriladi.
«Tunnel qurishga talabgorlarda texnik-iqtisodiy asoslarini taqdim qilish masalasi qoldi. Avgust oyida uchta talabgordan biri g‘olib deb topiladi va u bilan tunnel qurish ishlari boshlanadi. Mukammal ishlab chiqilayotgan loyihaviy ishlarni bu yil bitkazib, talabgorni aniqlab, u bilan shartnoma tuzamiz», dedi vazir.
Taxtaqorachada tunnel qurish bo‘yicha prezident Shavkat Mirziyoyev 2019 yilda topshiriq bergan edi. 2023 yil iyuldagi yig‘ilishda u loyiha hamon yo‘qligini tanqid qildi. Shu yil oktyabr oyida Qashqadaryo viloyatidagi yig‘ilishda tunnel qurish ishlarini tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi.
Mavzuga oid
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
10:01 / 07.01.2026
Samarqandda shifokorlar bemor qornidan 200 gramm mix chiqarib oldi
11:10 / 30.12.2025
Samarqand viloyatini rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi
14:14 / 28.12.2025