Tadbirkorlarning barqarorlik reytingidagi ballari e’lon qilindi
Barqarorlik reytingi toifasi va balli test rejimida soliq to‘lovchilar shaxsiy kabinetiga joylashtirildi.
Savdo-sanoat palatasi saytida Tadbirkorlik subektlarining barqarorlik reytingi test rejimida ishga tushirildi.
Reyting toifasi va ballari soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetida ham aks etmoqda.
Soliq qo‘mitasiga ko‘ra, platforma vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish jarayonida test rejimida ishlamoqda. Reytingni to‘liq va to‘g‘ri baholanishi hamda mezonlar kesimida aniqlash metodikasi bilan 15-fevraldan ko‘rish imkoniyati yaratiladi.
Reytingda tadbirkorlik sub’yektlari quyidagi toifalarga ajratiladi:
- AAA, AA va A toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;
- BBB, BB va B toifalar – o‘rta barqarorlik reytingi;
- CCC, CC va C toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;
- D toifa – quyi barqarorlik reytingi.
Past ball olgan korxonalarga jazo choralari qo‘llanilmaydi.
Yuqori ballga ega tadbirkorlar rag‘batlantiriladi. Agar tadbirkor eng yuqori AAA toifadagi reytingga ega bo‘lsa:
- soliq organlari tomonidan tekshirishlar o‘tkazilmaydi;
- QQSdan hosil bo‘lgan soliq summasi bir kunda qaytariladi (amaldagi muddat 7 kundan 30 kungacha);
- QQSdan boshqa soliq turlari bo‘yicha hosil bo‘lgan ortiqcha soliqlar summalari uch kunda qaytarib berish (amalda 10 kundan 15 kungacha) yuzasidan qo‘shimcha preferensiyalar beriladi.
Yana bir rag‘batlantirish – soliq va bojxona organlarida tovarlarni import qilish vaqtida to‘langan soliqlarni hisobga olish tizimi joriy qilinmoqda.
Mavzuga oid
21:53 / 26.09.2024
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan korxonalar ma’lum qilindi
08:50 / 20.09.2024
Soliq qo‘mitasi ikki bankni javobgarlik choralari to‘g‘risida ogohlantirdi
19:46 / 19.09.2024
Jamoat transporti uchun QQS imtiyozi bekor qilinadi
20:38 / 14.09.2024