Qashqadaryoda soliqchilar davlat xizmatchisi axloq-odob qoidalariga zid ish qilgani tan olindi
Ular umumiy ovqatlanish shoxobchasida taomlangan va to‘lovni qarz sifatida yozdirib ketgan.

Ko‘kdala tumani soliq inspeksiyasi / Foto: Viloyat soliq boshqarmasi
Qashqadaryo viloyati, Ko‘kdala tumani soliq inspeksiyasining xodimlari «davlat xizmatchisi axloq-odob qoidalariga zid ish qildi». Bu haqda Davlat soliq xizmati xabar berdi.
Avvalroq, soliqchilar restoranda qarzga yeb-ichib, keyin tadbirkorni «tekshirgani va qamatib yuborgani» haqida maqola e’lon qilingan edi.
Davlat soliq xizmatining maqolaga bildirgan munosabatida qayd qilinishicha, soliqchilar 12 avgust kuni tumandagi «Xondamir farovonlik fayzi» korxonasiga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida taomlangan va to‘lovni qarz sifatida yozdirib ketgan. Bu davlat xizmatchisi axloq-odob qoidalariga zid ekani, ammo 14 avgust kuni qarz to‘langani ta’kidlanmoqda.
So‘ngra, «Xondamir farovonlik fayzi» korxonasining budjetdan 8,3 mln so‘m soliq qarzi mavjudligi sababli soliq inspeksiyasi xodimlari Q.Normurodov va A.Mamatov 19 avgustda mol-mulk xatloviga borganida, ish yurituvchi A.Yangiboyev tomonidan qarshilik ko‘rsatilgan.
Shundan so‘ng, soliq xodimlari ushbu holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni himoya qilish organlariga tegishli hujjatlarni taqdim etgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Ko‘kdala tumani sudi tomonidan jamiyat ish yurituvchisi A.Yangiboyevga 6 sutka ma’muriy qamoq jazo chorasi tayinlangan. Ushbu qarordan norozi bo‘lgan fuqaro A.Yangiboyevning arizasiga asosan apellyatsiya shikoyatidan so‘ng jazo chorasi 3 sutkaga kamaytirilgan.
Davlat soliq xizmatining ta’kidlashicha, holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kosta-Rika ko‘chib o‘tish eng oson bo‘lgan mamlakat deya tan olindi
Jahon | 21:05
-
Panamaning yarmi elektr energiya va ichimlik suv ta’minotisiz qoldi
Jahon | 20:50
-
Sud Trampga XVIII asrdagi qonun yordamida migrantlarni deportatsiya qilishni taqiqladi
Jahon | 20:33
-
Hindistonda kamyob sherlar ikki haftada uch kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi
Jahon | 20:10
Mavzuga oid

21:53 / 26.09.2024
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan korxonalar ma’lum qilindi

08:50 / 20.09.2024
Soliq qo‘mitasi ikki bankni javobgarlik choralari to‘g‘risida ogohlantirdi

19:46 / 19.09.2024
Jamoat transporti uchun QQS imtiyozi bekor qilinadi

18:04 / 14.09.2024