Sentyabr oyida ayrim tijorat banklari yangi axborot tizimidan foydalanişga ötgan va bu haqda Soliq qömitasini xabardor qilmagan. Bank dasturçilari yangi tizimga özgartirişlar kiritayotgani sababli ba’zi tölov topşiriqnomalari bajarilmagan.
Xususan, şu oy boşidan Tenge bank 2 439 ta topşiriqnomadan 413 tasini va Kapitalbank 4 287 ta topşiriqnomadan 740 tasini bajarmasdan qaytargan.
Soliq qömitasi huzuridagi Yirik soliq tölovçilar böyiça hududlararo soliq inspeksiyasi tomonidan majburiyatlarini öz vaqtida bajarmayotgan har ikkala bank kamçiliklarni zudlik bilan bartaraf etiş va buning uçun Soliq kodeksida belgilangan javobgarlik çoralari töğrisida rasman ogohlantirildi.








