Sport | 15:20 / 06.12.2017
16172
2 daqiqa o‘qiladi

Ramzan Qodirov: «Chechenlar Olimpiadada neytral bayroq ostida chiqmaydi»

Checheniston respublikasi rahbari Ramzan Qodirov ma'lum qildiki, hech bir chechen sportchisi Olimpiadada neytral bayroq bilan chiqish qilmaydi.

«G‘arb hali yana bir marta o‘z yuzini ko‘rsatdi, bu ikkiyuzlamachilik va qo‘rqoqlikdir. Rossiyaning Olimpiadadan chetlatilishi — amaldorlar aybi uchun sportchilarni jazolashdir. Sport xalqlarni birlashtirishi kerak, dunyoni buzishi emas. Sportdan siyosiy manfaatlar yo‘lida foydalanish — kuchsizlik va qo‘rqoqlik belgisi.

Rossiyaliklar uchun o‘z bayrog‘i bilan harakat qilish muhimdir. Bizda Vatan bor, bizda vatanparvarlik bor! Hech bir chechen sportchisi neytral bayroqda qatnashmaydi. Olimpiadaga borishi kerak bo‘lgan barcha chechen sportchilarini biz g‘oliblar, deb bilamiz!

XOQ Rossiyaning uch rangi Olimpiadada ko‘p ko‘tarilishidan qo‘rqadi. G‘arbda bayrog‘imiz shunday qo‘rquv uyg‘otadi. Lekin siyosatchilar siyosatchilar bilan, sportchilar sportchilar bilan bahslashishi kerak. Bu oddiy mantiq.

Ammo hozir asosiysi, tushkunlikka tushmaslikdir. Bu bizni yanada kuchliroq qilishi kerak. Rossiya qudratli davlat va biz buni bir necha bor isbotlaganmiz», — deya Qodirovning so‘zlarini keltirgan RT.

Mavzuga oid