Jahon | 19:43 / 04.01.2026
20221
1 daqiqa o‘qiladi

Qodirov omma oldida hassa tutgan holda ko‘rinish berdi

Avvalroq tarmoqlarda Qodirov shoshilinch ravishda shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Respublika milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot ishlari vaziri Ahmad Dudayev bu xabarlarni yolg‘on deb atadi.

Foto: Videodan kadr

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov jamoatchilik oldida hassa tutgan holda ko‘rinish berdi.

Achxoy-Martan tumanidagi Yangi Sharoy qishlog‘ida hofizlar maktabi ochilish marosimi aks etgan lavhada Qodirov hassa ushlab turgan holda aks etgan.

Avvalroq tarmoqlarda Qodirov shoshilinch ravishda shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Respublika milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot ishlari vaziri Ahmad Dudayev bu xabarlarni yolg‘on deb atadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Checheniston rahbari 29 dekabr kuni 2025 yil yakunlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan, 31 dekabrda xalqni yangi yil bilan tabriklagan, 1 yanvar kuni esa Ukrainadagi harbiy to‘qnashuvlar hududiga yangi texnikalarni jo‘natgan.

Mavzuga oid