Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘stonliqda yana yong‘in ro‘y berdi: FVB rad etgandi, O‘rmon agentligi tasdiqladi
Hodisaga Yakkatut qishlog‘ida yashovchi kishi ichimlik suvi metall quvurini payvandlashda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmagani sabab bo‘lgani aytilgan.
Foto: Videodan kadr
O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish hamda cho‘llanishga qarshi kurash agentligi 20 sentabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yong‘in sodir bo‘lganini tasdiqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in taxminan soat 13:00 da Yakkatut qishlog‘i yaqinidagi Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida kelib chiqqan. Hodisa joyiga o‘rmon xo‘jaligi mas’ullari, 40 dan ziyod ishchi-xodim, mahallaning 10 nafar ixtiyoriy qutqaruvchisi hamda tuman IIB xodimlari jalb etilgan. Ular tomonidan yong‘in soat 14:40 da to‘liq o‘chirilgan.
Yongin natijasida qariyb 1,5 gektar yer maydonida qurib qolgan o‘tlar yonib ketgan. Sabab sifatida Yakkatut qishlog‘ida yashovchi, 1956 yilda tug‘ilgan fuqaro S.D.ning ichimlik suvi metall quvurini payvandlashda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmagani ko‘rsatilmoqda.
Mazkur shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 84-moddasi 3-qismiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilgan. Qonunga ko‘ra, o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi talablarini buzish oqibatida yong‘in kelib chiqqan taqdirda, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 10–15 baravari (4 mln 120 ming so‘mdan 6 mln 180 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa 20–25 baravari miqdorida jarima qo‘llanishi mumkin.
Qayd etish kerakki, bundan oldinroq Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ushbu hududda yong‘in chiqqani haqidagi ma’lumotni rad etib, kadrlar eskiligini bildirib bayonot bergan va bu jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgandi.
Mavzuga oid
13:26 / 20.12.2025
Qoratosh–Samarqand Darvoza ko‘chalari kesishmasida mashina yonib ketdi
08:21 / 13.12.2025
«Aviasozlar» bozori hududida yong‘in sodir bo‘ldi
12:38 / 08.12.2025
Toshkentda yong‘in va zilzila bo‘yicha amaliy-taktik mashqlar o‘tkaziladi
13:23 / 06.12.2025