Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud organlarini bir joyga jamlagan «Adolat saroyi» majmuasi barpo etiladi
Foto: Fotolia
Sudyalik lavozimiga ilk bor tayinlanayotgan nomzod bo‘yicha tuman va shahar jamoatchiligi fikrini o‘rganish tartibi joriy qilinadi. Bu haqda 9 yanvardan umumxalq muhokamasiga taqdim etilgan «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturi loyihasida ma'lum qilingan.
Dastur loyihasida ta'kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasida sudyalar mustaqilligini ta'minlash maqsadida sudyalar maqomining huquqiy asoslarini takomillashtirish yuzasidan aynan shunday taklif ilgari surilmoqda. Mazkur tadbirni amalga oshirishga Sudyalar oliy Kengashi, Oliy sud, O‘zbekiston sudyalar assotsiatsiyasi hamda Adliya vazirligi mas'ul etib belgilangan bo‘lib, joriy yilning 1 apreliga qadar amaliyotga kiritilishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, 30 iyunga qadar, umumiy qiymati 100 mlrd. so‘mga teng Markaziy sud organlari va muassasalarini o‘zida birlashtiradigan «Adolat saroyi» majmuasini qurish yuzasidan loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanadi.
Markaziy sud organlari va muassasalari faoliyati uyg‘unligini ta'minlash maqsadida ularni joylashtirish bo‘yicha yagona kompleks sifatida qurilishi rejalashtirilayotgan «Adolat saroyi» majmuasiga mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi tomonidan ajratiladi.
Bundan tashqari, davlat dasturi loyihasida surishtiruv, tergov yoki sud faoliyatiga har qanday ko‘rinishda, turlicha vositalar bilan aralashganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta'minlash hamda mavjud jazo choralarini yanada kuchaytirish nazarda tutiladi.
Mavzuga oid
19:17 / 19.12.2025
Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi
14:56 / 17.12.2025
Oliy sud: 273-modda bilan sudlanganlar soni 2,8 mingdan oshdi
16:30 / 05.09.2025
Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari o‘zgardi
21:43 / 31.07.2025