Oliy sud axborot xizmati bergan ma’lumotga muvofiq, 2024 yilda ham 273-modda böyiça sudlanganlar soni yuqori bölgan: 3 020 nafar şaxs sudlanib, ularning 2 806 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş, 214 nafariga esa ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar (jarima, axloq tuzatiş işlari, ozodlikni çeklaş va şartli hukm) tayinlangan. Şuningdek, 8 nafar şaxsga nisbatan tibbiy yösindagi majburlov çoralari qöllangan. 

Joriy yilning 11 oyi yakunlariga köra esa, 273-modda böyiça sudlangan 2 875 nafar şaxsdan 225 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlangan, 5 nafar şaxsga nisbatan tibbiy yösindagi majburlov çoralari qöllangan. 

Ma’lumot uçun, Jinoyat kodeksining 273-moddasi giyohvandlik vositalari (ularning analoglari) yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadida qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş hamda ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş bilan boğliq qilmişlar uçun javobgarlikni belgilaydi.