Özbekiston Oliy sudi raisining birinçi örinbosari – Sudlov hay’ati raisi Ikrom Töxtamurodoviç Muslimov lavozimidan ozod etildi.
Senatning 5 sentabr kungi qarori bilan, uşbu lavozimga Alişer Otaxonoviç Usmonov 5 yil muddatga saylandi. U bungaça Namangan viloyati sudining raisi sifatida işlab kelayotgandi.
Şuningdek, Senat qarori bilan, Nodira Jalolovna Hakimova Oliy sud sudyasi lavozimidan ozod etildi. U iyul oyida Prezident administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qiliş böyiça örinbosari etib tayinlangan, avgust oyida esa davlat rahbariga sud tizimidagi özgarişlarni taqdimot qilgandi.












