Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda mahkumlarning yangi kiyimlari namunasi joriy etiladi
Illyustrativ foto/ vestikavkaza.ru
O‘zbekistonda iqlim sharoitlari va zamonaviy talablarga javob beradigan mahkumlarning kiyimlari joriy etiladi. Bu 2018 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasining jinoyat-ijroiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasida nazarda tutilgan.
Qayd etilishicha, ilg‘or xorijiy tajribaga asoslanib, iqlim sharoitlari va zamonaviy talablarga javob beradigan mahkumlarning kiyimlari namunasi ishlab chiqiladi.
Mahkumlarning yangi kiyimlari namunasini Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi jazoni ijro etish muassasasida sinovdan o‘tkazish, mahkumlarning fikrlarini o‘rganish asosida kiyim namunasini takomillashtirish rejalashtirilmoqda.
Mahkumlarning yangi kiyimlari namunasini bosqichma-bosqich joriy etish mo‘ljallangan.
Bu boradagi ishlar uchun IIV mas'ul etib belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mahkumlarning qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan masofali video-uchrashuvi tashkil etilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:45 / 06.01.2026
Statistika: kiyim ishlab chiqarishda Andijon birinchi o‘rinda
15:44 / 01.12.2025
Kiyim ishlab chiqarishda Andijon viloyati peshqadam bo‘ldi
18:59 / 20.11.2025
O‘zbekistonda mashhur brendlarning autlet markazlari ochiladi
10:22 / 10.10.2025