Milliy statistika qömitasi e’lon qilgan ma’lumotlarga muvofiq, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida Özbekistonda yirik korxonalar tomonidan 37,9 trln sömlik kiyimlar işlab çiqarilgan. Qayd etilişiça, uşbu körsatkiç 2024 yilning şu davriga nisbatan 24,3 foizga oşgan.
Hududlar kesimida esa kiyim işlab çiqariş böyiça eng yuqori körsatkiç Andijon viloyatiga töğri kelgan — 17,2 trln söm. Keyingi örinlarni Namangan viloyati (3,7 trln söm) va Toşkent viloyati (3,6 trln söm) egallagan. Toşkent şahrida bu körsatkiç 2,6 trln sömni taşkil etgan.
Şuningdek, Farğona viloyatida 2,2 trln sömlik, Navoiy viloyatida 1,9 trln sömlik, Qaşqadaryo viloyatida 1,6 trln sömlik, Buxoro viloyatida 1,5 trln sömlik kiyim mahsulotlari işlab çiqarilgan. Samarqand viloyatida uşbu yönalişdagi işlab çiqariş hajmi 1,2 trln sömga teng bölgan.
Qolgan hududlarda körsatkiçlar quyidagiça qayd etilgan: Surxondaryo viloyati — 562 mlrd söm, Jizzax viloyati — 524,1 mlrd söm, Qoraqalpoğiston Respublikasi — 497,4 mlrd söm, Sirdaryo viloyati — 390,6 mlrd söm, Xorazm viloyati — 387,8 mlrd söm.
Ma’lumotlarga köra, keltirilgan raqamlar 2025 yilning 11 oyi — yanvardan noyabrgaça bölgan davrni qamrab oladi.











