Toşkent şahridan ötgan yam-yaşil bölib oqadigan Bözsuv kanali Toşkent viloyatining Zangiota tumaniga kelib, birdan qora tusga kirib qoladi. Tabiiy oqar suv tösatdan qorayib qolgani va bir neça ön kilometrlab davom etgani xaritada ham aks etib turibdi. Bu holat tabiatning biror möjizasi emas, balki loqaydlik natijasida öz holiga taşlab qöyilgan ekologik fojiadir. Kun.uz vaziyat böyiça suriştiruv ötkazib, Bözsuvning Sirdaryoga quyiladigan qismigaça holatni örgandi.

Mavzu juda dolzarb va yirik. Çuqur suriştiruv hamda tahlil talab qiladi. Qiziği, sönggi yillarda turli saytlarda bu mavzu bir neça marta kötarilgan. Ammo natija yöq – ahvol öşa-öşa.



Bözsuvning ikki qirğoğida ikki xil haqiqat yotadi. Biri tabiiy tusi hamda ekologik holati buzilgan bu suvdan ekinlarni suğorişda foydalanayotgan, paşşa va çivinlardan aziyat çekayotgan aholi bölsa, ikkinçisi, bu ayançli mavzu qayta-qayta kötarilsa ham, balki ilojsizlikdan, balki loqaydlikdan, balki ataydan qayta işlangan oqova suvlarini toza suvga qöşib yuborayotgan Bözsuv aeratsiya stansiyasining ham öz haqiqatlari bor. Lekin heç bir bahona va sabab şunday yirik kanalning Sirdaryoga quyilgunça bölgan qariyb 60 kmli taqdiriga bu qadar befarqlik qilinişini oqlay olmaydi.

Bözsuv böyida yaşayotgan aholi bilan suhbatlaşganimizda ularning aksariyati suvdagi bu buziliş hali holvasi ekani, yoz oylarida suv rangi battar qorayib, qölansa hid atrofni tutib ketişi, haşarotlar köpayişidan nolidi.
“Cuv oqova tozalaş inşooti qurilgan öşa paytlarda, balki aholi şunday ziçlaşib ketişi hisobga olinmagandir. Şu sababli kanalizatsiya suvlari köpayib ketayotgani hisobiga taşqariga qayta işlanmagan suv ham çiqib ketyapti. Uskunalari eskirib ketgan. Suvlarimiz ifloslanib ketyapti.
15 yil oldin bu yerlar dezinfeksiya qilinardi. Hammayoq tozalanardi. Hozir şu işlar qilinmayotgani hisobiga paşşa, çivin, örgimçak, kana köpayib ketyapti. Mayli, taşqaridan oqib kelayotgan suvni töxtatib qololmaymiz. Lekin şu asbob-uskunalarini yangilab berişsa, zarar har holda kamayardi”, deydi şu yerga kelin bölib kelgan Matluba Vohidova.















