Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda «ZIL» yuk mashinasi yo‘l chetiga chiqib ketib pastlikka quladi
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida «ZIL» yuk mashinasi yo‘l chetiga chiqib ketib pastlikka qulagan. Oqibatda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan shaxs og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 20 avgust kuni soat 22:19larda M39 Almati-Toshkent-Termiz yo‘lining Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan 996-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib borayotgan ZIL yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan. Shundan so‘ng mashina yo‘lning o‘ng tomoniga chiqib ketib, pastlikka qulagan.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida «ZIL»da yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Jizzax shahri Amir Temur mahallasida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan shaxs og‘ir tan jarohatlari olib Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax viloyati filialiga yotqizilgan.
Mavzuga oid
23:31 / 16.01.2026
Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning o‘g‘li Adam og‘ir «avariya»ga uchragani aytildi
10:48 / 15.01.2026
Yunusobod tumanida uchta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
21:52 / 14.01.2026
5 yil davomida YTHlar kamayish dinamikasi saqlanib qoldi – YHXX
12:40 / 14.01.2026