Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston JSTga a’zolik jarayonida Rossiya bilan muzokaralarni yakunlovchi protokolni imzoladi
O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zoligi doirasida Rossiya bilan ikki tomonlama bozorga kirish muzokaralarini yakunlovchi protokol imzolandi. Prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runov buni jarayondagi muhim qadam sifatida baholab, endilikda ko‘p tomonlama muzokaralar va zarur qonunchilik o‘zgarishlariga e’tibor kuchaytirilishini ma’lum qildi.
Foto: LinkedIn / Azizbek Urunov
O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi jarayonida Rossiya bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunlovchi protokolni imzoladi. Azizbek O‘runovning ma’lum qilishicha, hujjat 2025 yil 21 dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyevning Sankt-Peterburgga amaliy tashrifi doirasida Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov bilan birgalikda imzolangan.
O‘runov muzokaralar “uzluksiz, ammo mazmunli va konstruktiv” kechganini ta’kidlab, bugungi natijaga olib kelgan ijobiy yakunini qayd etgan. Shuningdek, u Rossiya tomonining O‘zbekistonning JSTga qo‘shilish jarayonidagi faol ishtirokini alohida e’tirof etgan.
Prezidentning maxsus vakiliga ko‘ra, ayrim ishlar hali yakunlanmagan bo‘lsa-da, endilikda O‘zbekiston ko‘p tomonlama muzokaralarni ilgari surish, qonunchilikni JST talablariga moslashtirish bo‘yicha yangilashlarni tugallash va a’zolik jarayonini kelasi yili muvaffaqiyatli yakunlashga butun e’tiborini qaratadi.

JSTga qo‘shilish jarayonida nomzod davlatlar, odatda, a’zolar bilan bozorga kirish (tovar va xizmatlar) bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvlarni bosqichma-bosqich yakunlab boradi. O‘zbekistonning JSTga qo‘shilish bo‘yicha Ishchi guruhi muhokamalari ham so‘nggi yillarda faollashgan: 2025 yil iyun oyida JST O‘zbekiston tomoni Jahon savdo tashkilotining 14-vazirlar konferensiyasigacha yakunlash maqsadini ta’kidlaganini qayd etgan.
Shuningdek, 2025 yil 5–6 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan Ishchi guruh yig‘ilishida ham O‘zbekiston JSTga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni yakunlashga tayyor ekani bildirilgan va jarayonda “barqaror ilgarilash” qayd etilgan.

Mavzuga oid
16:12 / 27.12.2025
“Meduza” asoschisi Timchenko sirtdan 5 yilga koloniyaga hukm qilindi
13:22 / 27.12.2025
Putin RFda qurol-yarog‘ ishlab chiqarish bir necha barobar o‘sganini aytdi
12:53 / 27.12.2025
Rossiya va Qozog‘iston yangi raketa-tashuvchining parvozini keyinroqqa surdi
12:04 / 27.12.2025