Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
HAMAS isroillik garovga olinganlarni ozod qilishni boshladi
HAMAS jangchilari so‘nggi isroillik garovga olinganlarni Qizil Xochga topshirishni boshladi. TSAHAL ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun shifoxonalarga yetkazishi kutilmoqda. Asirlikda omon qolganlarning ba’zilari og‘ir ahvolda.
Foto: Reuters
HAMAS guruhi 13 oktyabr, dushanba kuni ertalab 7 nafar isroillik garovga olinganni Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasiga topshirdi. Ular 737 kundan beri asirlikda edi.
Ozod etish jarayoni G‘azo sektori shimolidagi Netsarim koridorida boshlangan. Uch soatdan keyin janubdagi Xon-Yunus shahrida garovga olinganlarni ozod qilishning navbatdagi bosqichi rejalashtirilgan.
Ozod qilingan garovga olinganlar Isroil mudofaa kuchlariga (TSAHAL) topshirilishi kerak. O‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga ko‘ra, asirlikda halok bo‘lganlarning jasadlari tirik garovga olinganlar ozod etilganidan keyin 72 soat ichida qaytarilishi kerak.
Garovga olinganlarning oilalari avvalroq Isroil janubidagi Reim aviabazasiga yetib kelgan, garovga olinganlar tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak. Shundan so‘ng ular o‘z oilalari bilan uchrashadilar. XQXQ ozod etishdan bir necha soat oldin garovga olinganlar bilan uchrashgan va ularning ba’zilari og‘ir ahvolda ekani haqida ma’lum qildi, deb xabar beradi Isroilning «Yediot ahronot» gazetasi.
AQSh prezidenti Donald Tramp garovga olinganlarni ozod qilish marosimiga yetib keldi. Keyinchalik u tinchlik shartnomasini imzolashda ishtirok etish uchun Misrga borishni rejalashtirmoqda.
O‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish taklif qilingan tinchlik rejasidagi birinchi qadamdir, deya xabar beradi Associated Rress. Keyingi qadamlar bo‘yicha qarama-qarshi talablar saqlanib qolmoqda, bu esa mojaro haqiqatdan ham tugaganmi yoki yo‘qmi degan noaniqlikni keltirib chiqaradi.
Mavzuga oid
15:41 / 20.12.2025
Isroil sulhga qaramay G‘azodagi boshpanaga hujum uyushtirdi: kamida 6 kishi halok bo‘ldi
10:17 / 15.12.2025
HAMAS o‘z rahbarlaridan biri halok bo‘lganini tasdiqladi
23:30 / 14.12.2025
Erdo‘g‘an Turkiyaning G‘azo bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarmasligini aytdi
22:21 / 12.12.2025