Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Odessa va Pavlogradga zarba berdi
Odessada turar joy binolari vayron bo‘ldi, qurbonlar va yaradorlar bor. Pavlograd, mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kungacha eng katta hujumga uchragan.
Foto: AP
Rossiya 19 iyul, shanbaga o‘tar kechasi Ukraina hududiga yirik havo zarbalarini berishda davom etdi. Odessada 20 ga yaqin UUA qatnashgan hujum natijasida halok bo‘lganlar va yaradorlar bor, ko‘p qavatli uylar vayron bo‘lgan, ko‘p qavatli uy yonib ketgan, deb xabar bermoqda Odessa meri Gennadiy Truxanov, viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Kiper va mahalliy OAV.
Dnipropetrovsk viloyatidagi Pavlograd, mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kungacha eng katta hujumga uchragan. «Pavlograd uchun jahannam kechasi va tongi. Shaharga qilingan eng ommaviy hujum. Portlashlar ketidan portlashlar. Rossiyaliklar raketa va uchuvchisiz uchoqlardan foydalangan», — deb yozdi viloyat ma’muriyati rahbari Sergey Lisak Telegramʼda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum natijasida o‘t o‘chirish punkti, sanoat korxonalari va besh qavatli bino vayron bo‘lgan.
Kiyevda shaharning Darnitskiy tumanida xususiy sektorga Rossiya uchuvchisiz uchog‘ining parchalari tushgan. Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
Mavzuga oid
16:38 / 31.12.2025
Odessaga dronlar hujum qildi
10:31 / 23.12.2025
RF dronlari Odessadagi port infratuzilmasiga zarar yetkazdi
10:08 / 20.12.2025
Rossiya Odessaga ballistik raketalar bilan zarba berdi, yetti kishi halok bo‘ldi
21:54 / 06.12.2025