31 dekabrga ötar keçasi va ertalab Rossiya harbiylari Odessaga navbatdagi dronlar hujumini amalga oşirdi. Mahalliy rasmiylar va qutqaruvçilarning ma’lum qilişiça, zarbalar nişoni energetika infratuzilmasi bölgan, bundan taşqari, dronlardan biri töqqiz qavatli turar joy binosiga urilgan. Buning oqibatida, olti kişi, jumladan, uç bola yaralangan.

Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati tunda bu hududdagi turar joy binosiga uçuvçisiz uçoq kelib urilişi oqibatida binoning 2-qavatdan 6-qavatgaça bölgan kvartiralarida yonğin çiqqanini ma’lum qildi.

Bundan taşqari, yana bir neçta köp qavatli turar joy binolarining fasad va oynalari şikastlangan, şuningdek, bir neçta avtomobillar yonib ketgan.

Odessa oblasti ma’muriyati rahbari Sergey Lisak yarim tunda uç nafar bola: yetti oylik çaqaloq va 8 hamda 14 yoşli bolalar jarohatlanganini ma’lum qilgandi.

Tongda qutqaruvçilar va şifokorlar aniqlik kiritib, hujum paytida bir oila a’zolari: ota-ona va ularning ikki farzandi jabrlanganini ma’lum qildi.

Odessadagi mahalliy telegram kanallar yozişiça, 42 yoşli ota kuyiş oqibatida oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgan. 38 yoşli onada ham kuyiş jarohatlari, şuningdek, yopiq boş miya jarohati va sinişi qayd etilgan, u 14 yoşli öğli va 8 yoşli qizi kabi örtaça oğir ahvolda qolmoqda.

Mahalliy vaqt bilan ertalab soat töqqizlarda Sergey Lisak hujum natijasida Odessaning bir qismida yana elektr energiyasi yöqligini ma’lum qildi.

«Ayrim muhim infratuzilma obektlarida tiklaş işlari olib borilmoqda, şu sababli aholining bir qismi vaqtinça suv va issiqlik ta’minotidan ham mahrum», – deya qöşimça qildi hudud rahbari.

«Nova poşta» poçta kompaniyasi ertalab Odessadagi saralaş terminali hovlisiga dron parçalari tuşganini ma’lum qildi. Jabrlanganlar yöq, biroq qiymati 2,3 mln grivna (taxminan 60 ming dollar) bölgan jönatmalar ortilgan yuk maşinasi yonib ketgan.

Ertalab monitoring telegram-kanallari dengizdan Odessa oblastiga dronlarning yangi uçib kelgani haqida xabar berdi. Havo trevogasi mahalliy vaqt bilan ertalab soat töqqizlardagina töxtagan. Soat ön bir yarimlarda yana havo trevogasi e’lon qilindi: dengiz uzra yangi dronlar paydo bölgandi.