Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamshid Xo‘jayev Berlinda Niderlandiya, Polsha va Belarus vazirlari bilan uchrashadi
17 yanvar kuni Germaniya poytaxti Berlin shahrida oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilik bo‘yicha yirik xalqaro ko‘rgazma – «International Green Week» – «Xalqaro yashil haftalik» (“IGW-2020”) ko‘rgazmasi start oldi.


Unda Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.

«International Green Week» ko‘rgazmasida dunyo miqyosida oziq-ovqat, o‘rmonchilik va yog‘ochni qayta ishlash sanoati, bog‘dorchilik, chorvachilik hamda parrandachilikda sohasida erishilayotgan yutuqlar namoyish etiladi.
O‘zbekistonlik mutaxassislar ko‘rgazmada ishtirok etish orqali O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi, uning tabiiy imkoniyatlari, turizm, iqtisodiy va eksport salohiyati, o‘zbek pazandachiligi namunalarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, sohadagi xalqaro tajribalar bilan tanishish, O‘zbekistonning poliz va bog‘dorchilik mahsulotlari uchun bozorlar topish, dunyodagi yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish imkoni bor.
Matbuot xizmati xabarida aytilishicha, ko‘rgazma doirasida Jamshid Xo‘jayevning BMT Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tashkiloti (FAO) bosh direktori Kyu Dongyu, Polsha Qishloq xo‘jaligi va qishloq ishlari vaziri J.K.Ardanovski, Niderlandiya Qirolligi Qishloq xo‘jaligi, tabiat va oziq-ovqat sifati vaziri K.Shouten, Belarus Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri A. Kotko bilan bir qator uchrashuvlari belgilangan.


Haftalikda, shuningdek, Yevropaning bir qator nufuzli universitetlari rektorlari, jumladan, Laybnits universiteti prezidenti Volker Epping bilan ham qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlar yetishtirish borasida ikki tomonlama hamkorlik qilish masalalari muhokama qilinadi.
Tadbir doirasida bugunga qadar O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi salohiyatini aks ettiruvchi bir qancha taqdimotlar ham o‘tkazilgan.







«Xalqaro yashil haftalik» tashkilotchilar joriy yilgi ko‘rgazmalarning keng qamrovli biznes dasturi butun dunyo bo‘ylab qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va xaridorlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatishda muhim vosita bo‘layotganini ta'kidlamoqda.
Ma'lumot uchun, bu xalqaro ko‘rgazma ilk bor 1926 yilda Berlindagi “Messe Berlin GmbH” shirkati ko‘magida tashkil etilgan va bu yil 85-bor o‘tkazilmoqda.
«Xalqaro yashil haftalik» ko‘rgazmasida O‘zbekiston vakillari ham bir necha yillardan buyon ishtirok etib keladi.
Mavzuga oid
08:50 / 25.12.2025
Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
21:33 / 22.12.2025
“Bizni tinch qo‘yishsa, ko‘proq hosil olamiz” – Kogonlik fermer o‘zi va hamkasblari qanday sharoitda ishlayotgani haqida
22:17 / 13.12.2025
“Qishloq xo‘jaligining taqdiri va kelajagi – butun mamlakatimizning taqdiri va kelajagidir”. Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi xodimlariga tabrik yo‘lladi
09:07 / 11.12.2025