O‘zbekiston | 08:50
2827
2 daqiqa o‘qiladi

Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Hukumat qarori bilan 2021 yil 24 noyabrdagi qarorga qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Yangilangan tartib yer uchastkasini qisman qayta ijaraga berishda maydon me’yorlari, konturlar yaxlitligi va sug‘orish tizimini saqlash talablarini belgilaydi.

Foto: iStock

Hukumat qarori (815-son, 23.12.2025 y.) bilan Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2021 yil 24 noyabrdagi 709-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Qarorga ko‘ra, qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar nazarda tutildi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi ijarachisining o‘zida qoladigan hamda qayta ijaraga oluvchiga o‘tkaziladigan yer uchastkalari maydoni Yer kodeksining 46 (prim 1)-moddasida belgilangan o‘lchamlardan kam bo‘lmasligi shart. 

Yer uchastkasini qisman qayta ijaraga berishda ularni ijarachi va qayta ijaraga oluvchi o‘rtasida taqsimlash qishloq xo‘jaligi xaritasidagi konturlar yaxlitligi hamda amaldagi sug‘orish tizimini saqlab qolgan holda, alohida turgan konturlarni qayta taqsimlash orqali amalga oshirilishi belgilandi.

Yer uchastkasini qisman qayta ijaraga berishda taraflar yer uchastkasini bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanishi ko‘zda tutildi.

Mavzuga oid