Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Termiz – Hayraton ko‘prigi orqali fuqarolar harakati tiklandi
2021 yilda fuqarolar harakati uchun yopilgan chegara yana ochildi.
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
O‘zbekiston va Afg‘onistonni bog‘lab turuvchi Termiz – Hayraton ko‘prigi orqali fuqarolarni o‘tkazish punktlari qayta ish boshladi. Endi yo‘lovchilar ikki davlat orasida xavfsiz tarzda harakatlanishi mumkin. Shu bilan birga, viza talabi o‘z kuchida qoladi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.
Cheklov 2021 yilda o‘rnatilgan va oqibatda Afg‘onistonga boruvchilar Tojikiston orqali bir kunlik aylanma yo‘ldan foydalanishga majbur bo‘layotgan edi.
Ta’kidlanishicha, chegaradan o‘tish tartibining tiklanishi eksport qiluvchi korxonalar uchun katta qulaylik yaratadi.
Mavzuga oid
18:21 / 30.03.2026
O‘zbekiston – Afg‘oniston ishbilarmonlar kengashi tashkil etildi
09:00 / 26.03.2026
Amudaryoda qayiqda suzib o‘tgan narkokurer 10 kg gashish bilan ushlandi
13:25 / 25.03.2026
O‘zbekiston–Afg‘oniston chegarasidagi qamishzorlar rejali ravishda yoqilmoqda
11:28 / 24.03.2026