Surxondaryoda Afğonistondan Rossiyaga olib ketilayotgan katta miqdordagi narkotik modda foş etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Termiz tumanida yaşovçi 25 yoşli haydovçi boşqaruvidagi MAN yuk maşinasi Afğonistondan “Termiz-avtomobil yöli” xalqaro ötkaziş punktiga kirib kelgan vaqtda DXX Çegara qöşinlari va Bojxona idoralari xodimlari hamkorligida körikdan ötkazilgan. Jarayonda maşina yukxonasida kartoşka mahsulotlari borligi ma’lum bölgan.

Qişloq xöjaligi mahsuloti sinçkovlik bilan tekşirilganda ularning orasiga kartoşka körinişida yasalgan 222 dona bölakdan iborat 72 kg 300 gr gaşiş yaşirilganligi aniqlangan. Narkotik modda protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, katta miqdordagi uşbu narkotik modda Rossiyaga olib ketilayotgan bölgan.

Hozirda holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Avvalroq Samarqandda 38 kilogrammga yaqin narkotik modda aniqlangandi.













