Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand tibbiyot instituti o‘qituvchilari Amerikaning Pitsburg universitetida malaka oshiradilar
Samarqand davlat tibbiyot institutida jahonning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha istiqbolli rejalar amalga oshirilmoqda.
2020 yilda o‘tkazilgan onlayn-konferensiyada AQShning nufuzli universitetlaridan hisoblanuvchi Pitsburg universiteti va SamDTI o‘rtasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.
Shu kelishuv doirasida Pitsburg universiteti delegatsiyasi Samarqand davlat tibbiyot institutida bo‘lishdi. Nufuzli universitet delegatsiyasi tarkibida o‘quv ishlari va xalqaro faoliyat bo‘yicha vitse-kansler, epidemiologiya yo‘nalishi bo‘yicha yetakchi professor Margaret MsDonald, tibbiyot maktabining xalqaro tibbiy ta'lim dasturlari direktori, ichki kasalliklar bo‘yicha professor David Elnicki va o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, mikrobiologiya yo‘nalishi bo‘yicha olim Saleem Khan tashrif buyurishdi.
Tashrif avvalida Samarqand davlat tibbiyot instituti rahbariyati bilan rasmiy muzokaralar o‘tkazildi.


Samimiy kechgan muloqot davomida, professor Jasur Rizayev so‘nggi vaqtlarda yurtimizda olib borilayotgan oliy tibbiy ta'limdagi islohotlar, bevosita davlat rahbari boshchiligida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar va xalqaro hamkorlikni kengaytirish istiqbollari va muhimligi haqida so‘zlab berdi. Kelajakda Samarqand tibbiyot instituti o‘qituvchilari Amerikaning Pitsburg universitetida malaka oshiradilar. Pitsburg universiteti bilan hamkorlik doirasida institutdagi o‘quv jarayonini, ilmiy tadqiqotlar olib borilishi, xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish yuzasidan fikrlar bildirdi. Bu borada aniq takliflar va tajriba almashish haqida kelishib olindi. Mazkur tashrifning dastlabki kunida Samarqand davlat tibbiyot instituti va Pitsburg universiteti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ma'lumot uchun, 1787 yilda tashkil etilgan Pitsburg universiteti 17 ta kollej va maktabdan iborat bo‘lib, unda 35 mingdan ziyod talaba tahsil olmoqda. Pitsburg universitetining tibbiyot fakulteti nafaqat AQShning, balki jahonning yuqori reytingli tibbiyot universitetlari qatorida sanaladi.
Delegatsiya a'zolari institutning Akusherlik va ginekologiya, xirurgiya va neyroxirurgiya kafedralarida olib borilayotgan o‘quv jarayoni, ilmiy va davolash ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Delegatsiya rahbari, professor Margaret MsDonald tashrif taassurotlari haqida fikrlarini quyidagicha izhor etdi:
- Samarqand davlat tibbiyot institutida olib borilayotgan o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va davolash ishlari bilan tanishish davomida bu oliygohda olib borilayotgan islohotlarning kelajagi haqida ijobiy fikrlar aytish mumkin. Pitsburg universitetidagi zamonaviy tibbiy ta'lim jarayonidagi va ilmiy-tadqiqot ishlaridagi ko‘pgina yutuqlarni Samarqand davlat tibbiyot instituti amaliyotiga joriy etish bo‘yicha bugungi uchrashuvda kelishuvga erishdik. Jumladan, o‘quv jarayoniga simulyatsion texnologiyalarni, laboratoriyalar ishini to‘g‘ri tashkil etishni, o‘quv uslubiyatidagi yutuqlarni tatbiq qilishni rejalashtiryapmiz va bu borada istiqbolli rejalar tuzildi.

Mavzuga oid
12:00 / 23.04.2022
Samarqand davlat tibbiyot universitetida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi
15:59 / 24.05.2021
Samarqand davlat tibbiyot instituti va Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi. Marosimda Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev qatnashdi
12:12 / 19.04.2021
Samarqand davlat tibbiyot institutida Xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi
14:46 / 12.09.2020