Samarqand şahar hokimligi ma'lumotiga köra, bino şaharsozlik talabiga javob bermaydi. 2017 yilda mazkur hududdagi şaharsozlik talablariga mos kelmaydigan bino va inşootlar buzilişi hamda egalariga kompensatsiya tölovlari berilişi közda tutilgan.
Biroq, mazkur binoni buziş işlari ança vaqtdan buyon nizoli bölgani sabab qoldirilib kelingan. Iş joriy yilning 3 iyun kuni fuqarolik işlari böyiça şahar sudining oçiq sud majlisida körib çiqilib, da'vogar — şahar hokimligi foydasiga hal etilgan. Hokimlik, hamda Samarqand viloyat majburiy ijro byurosi ma'lumotlariga köra, javobgar, noturarjoy obektining egasi V.Elona ayni vaqtda Özbekiston Respublikasi hududida bölmaganligi sababli uning nomiga oçilgan hisob raqamga 640 million söm tovon puli ötkazib berilgan.

Holatga Majburiy ijro byurosi Samarqand şahar bölimi boşliği örinbosari Farrux Ibragimov ham izoh berdi. Unga köra, mazkur bino Fuqarolik işlari böyiça Samarqand şahar sudining qarori bilan şahar majburiy ijro byurosi tomonidan buzilmoqda. Noturarjoy obektining egasi V. Elona ayni vaqtda xorijda bölganligi sababli uning nomiga oçilgan hisob raqamga tovon puli ötkazib berilgan.


Özini V.Elonaning işonçli vakili deb taniştirgan şaxs, Maqsud Abdujabborov esa bino buzilişini xususiy mulkka tajovuz hamda noqonuniy deb bilişini ma'lum qilmoqda. Unga köra, Madaniy meros obektlarini muhofaza qiliş inspeksiyasi ruxsati bilangina uşbu bino buzilişi mumkin.
Şahar hokimligi mutasaddilari esa mazkur sobiq qahvaxona tarixiy bino hisoblanmasligi va bu böyiça tegişli taşkilotlarning xulosalari mavjud ekanini aytmoqda.












