Samarqand davlat tibbiyot universitetida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi
2022 yil 22 aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti katta majlislar zalida «Sog‘liqni saqlashda innovatsion texnologiyalar: ichki tibbiyot uchun yangi imkoniyatlar» xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z ishini boshladi. Anjuman taniqli shifokor, «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘likni saqlash xodimi», «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni sohibi, 1-sonli klinika bosh shifokori lavozimida samarali mehnat qilgan Nurmamat Abdullayevich Abdullayev xotirasiga bag‘ishlandi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Rossiya, Belarus, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Gruziya va O‘zbekistonning yetakchi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tekshirish markazlarining rahbarlari va olimlar ishtirok etdi.
Anjuman boshlanishidan avval, ko‘p yillar davomida universitetning davolash ishlari bo‘yicha prorektori va 1-sonli klinika bosh shifokori lavozimida samarali mehnat qilgan Nurmamat Abdullayev barelefini tantanali ravishda ochilish marosimi o‘tkazildi. Nutq so‘zlaganlar marhumni yuksak insoniy va rahbarlik fazilatlari, sog‘liqni saqlash tizimida ishlash jarayonidagi ko‘rsatgan fidoyiligi, minglab bemorlarni dardiga malham bo‘lganligini ta’kidladilar.
Xalqaro anjumanning ochilishida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev, professor Azamat Shamsiyev, Saratov davlat tibbiyot universiteti rektori Andrey Yeremin (Rossiya), Ostana tibbiyot universiteti rektori Kamaljon Nadirov (Qozog‘iston), Ryazan davlat tibbiyot universiteti rektori Roman Kalinin (Rossiya), Ijyevsk davlat tibbiyot akademiyasi rektori Aleksey Shklyayev (Rossiya), Respublika ixtisoslashgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Xurshid Fozilovlar so‘zga chiqib, ichki tibbiyotning ahamiyati, hozirgi kundagi rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari hamda xalqaro aloqalar ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.
Yalpi majlisdan so‘ng xalqaro anjumanning ishi 7 ta sho‘’ba yig‘ilishlarida davom etdi. Ularda kardiologik kasalliklarning diagnostikasi va davolashda innovatsion texnologiyalar, pulmonologiyaning dolzarb masalalari, gastroenterologiya, revmatologiya, nefrologiya, endokrinologiya va gematologiyada kuzatilayotgan muammolar hamda yosh tadqiqotchilarning ilmiy-tadqiqot natijalariga bag‘ishlangan 120dan ortiq ma’ruzalar tinglandi va tegishli yo‘nalishlardagi yutuqlar keng muhokama qilindi.
SamDTU tomonidan o‘tkazilgan xalqaro konferensiya respublika va mintaqamizda ichki tibbiyot sohasini rivojlantirish, fundamental va klinik fanlarni o‘qitish sifatini yanada oshirish, malakali tibbiy kadrlarni tayyorlash hamda respublikamiz tibbiyot oliygohlari va ilmiy tekshirish markazlari xalqaro aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
15:59 / 24.05.2021
Samarqand davlat tibbiyot instituti va Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi. Marosimda Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev qatnashdi
19:25 / 21.05.2021
Samarqand tibbiyot instituti o‘qituvchilari Amerikaning Pitsburg universitetida malaka oshiradilar
12:12 / 19.04.2021
Samarqand davlat tibbiyot institutida Xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi
14:46 / 12.09.2020