Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifini Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilish bilan boshladi
Prezident tashrif chog‘ida majmuadagi qurilishning borishini ko‘zdan kechirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 may kuni Samarqandga tashrif buyurib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on oyatlari tilovat qilindi.


Ta’kidlanishicha, islom olamida Imom Buxoriyning hurmati yuksak, uning maqbarasini ko‘rish istagidagi insonlar ko‘p. Shu bois ziyoratchilarga sharoitlarni kengaytirish maqsadida bu yerda yangi majmua barpo etilmoqda. Prezident tashrif chog‘ida qurilishning borishini ko‘zdan kechirdi.
Majmuaning umumiy maydoni 44 gektar etib kengaytirilgan. Hozirgi kunda maqbara, 10 ming kishilik masjid, 4 ta minora qurib bitkazilgan.
Yangi majmua ziyorat bilan birga ma’rifat, tarbiya, ibrat o‘chog‘i bo‘ladi. Muzey, ma’muriyat, mehmonxona va boshqa xizmat ko‘rsatish binolarini o‘z ichiga oladi. Peshtoqlar va ayvon devorlariga Buxoriy hadislari bitiladi.
Davlat rahbariga majmuada bo‘lajak sharoitlar haqida axborot berildi. Maqbara hovlisi va xiyobonlarga ko‘proq daraxtlar ekish zarurligi aytildi.


Mavzuga oid
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
10:01 / 07.01.2026
Samarqandda shifokorlar bemor qornidan 200 gramm mix chiqarib oldi
11:10 / 30.12.2025