Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatorlar «Sudlar to‘g‘risida»gi qonunni ma'qulladi
Senatning o‘n oltinchi yalpi majlisida “Sudlar to‘g‘risida”gi qonun muhokama markazida bo‘ldi.
Qayd etilganidek, davlatda kuchli sud hokimiyatining mavjudligi inson huquqlari va erkinliklarini to‘liq ravishda ta'minlashga qaratilgan fuqarolik jamiyatini va demokratiyani barqaror rivojlantirish garovidir. Bu mamlakatning barqaror iqtisodiy taraqqiyotni va investitsiyalarni jalb etish nuqtayi nazaridan jozibadorligini ta'minlashdagi muhim omildir.

1993 yilda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi amaldagi qonun mustaqillikning dastlabki yillarida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda sud tizimidagi chuqur o‘zgarishlar to‘liq aks ettirilmagan va u zamon talablariga javob bermaydi, deyiladi ma'lumotda.
Qayd etilishicha, prezidentning 2020 yil 24 iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta'minlash yuzasidan yangi tahrirdagi “Sudlar to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqilgan.

Yangi tahrirdagi qonun bilan odil sudlovning asosiy prinsiplari va sud hujjatlarini qayta ko‘rish tartibi takomillashtirilmoqda, sudyalarning maqomi, ularning mustaqilligi kafolatlari kuchaytirilmoqda, sudyalik lavozimiga nomzodlar va saylanadigan shaxslarga nisbatan qo‘yiladigan talablar xalqaro standartlarga moslashtirilmoqda, sudyalarning intizomiy javobgarligi qayta ko‘rib chiqilmoqda, sudyalar vakolatlarini to‘xtatib turish, shuningdek, tugatish asoslari va tartibi aniqlashtirilmoqda hamda sudyalarning ijtimoiy himoyasi ta'minlanmoqda.
Senatorlar tomonidan ushbu qonun ma'qullandi.
Mavzuga oid
18:56
“Credit House” ishi bo‘yicha sud boshlanmoqda
09:47 / 20.12.2025
Mehnat inspeksiyasi hisoboti Senatda tanqid qilindi: nazorat 32 foizga kamaygan
19:50 / 19.12.2025
Mahalliy kengash va hokimlar faoliyatiga xos bo‘lmagan 8 ta vazifa bekor qilinadi
18:18 / 18.12.2025