O‘zbekiston | 10:00 / 25.12.2020
3097
5 daqiqa o‘qiladi

Golden House'dan Mirabad Avenue loyihasi: O‘zbekistondagi premium klassdagi yirik turar joy majmuasi

Mirabad Avenue – Golden House kompaniyasining noyob rezidensiyasi bo‘lib, u ko‘chani to‘liq egallaydigan, premium segmentdagi yirik turar joy majmuasi bo‘lishi kutilyapti.

Joylashgan o‘rni

Mirabad Avenue rezidensiyasi Mirobod ko‘chasi bo‘ylab joylashgan. Majmua hududi 6 gektarni egallagan. Unda 8ta to‘qqiz qavatli binolar, yon tomonda oltita 12 va 8 qavatli bloklar mavjud. Majmua tomida shaxsiy terrasalarga ega xonadonlar bor.

Mashinasiz hovlilar

Golden House birinchilardan bo‘lib Mirabad Avenue uchun “mashinasiz hovli” konsepsiyasini ishlab chiqdi. Har bir blokning ichida turli yoshdagi bolalar uchun yopiq, xavfsiz hovlilar va majmua aholisi uchun sayr qilish joylari mavjud. Hovli platformasi balandligi 4 metrni tashkil etadi, bu esa hududni chiqindi gazlar, ko‘cha shovqinlaridan himoya qiladi. Landshaft dizayni va o‘simliklarni ekish strategiyasiga alohida e'tibor qaratilgan.

Apartamentlar

Xonadonlarning o‘ylab ishlangan rejasi va Mitsubishi Electric kompaniyasining VRF energosamarador sovutish tizimi “aqlli uy” tizimi bilan to‘ldirilgan.Har bir xonada boshqaruv paneli mavjud, unga sovutish va isitish tizimi konvektorlari ulangan. Har bir odam keyinchalik yoritish, issiq pol, pardalarni ochishni boshqarish va boshqalarni ulab, tizimni o‘ziga moslashtirishi mumkin.

Golden House  kompaniyasi apartamenti bo‘lajak egalarini 3,3 metrlik baland shiftlar, shuningdek, 2,5 metrlik derazalar mamnun etadi.

Majmuadagi eng yuqori binolarning 11 va 12-qavatlarida premium klassdagi pentxauslar joylashgan. Xaridorlarga 260 va 345 m² maydonga ega apartamentlar taklif etiladi. Shaxsiy yuvinish xonalariga ega keng xonalardan tashqari ikki qavatli pentxauslarda shaxsiy liftlar bo‘lishi ham ko‘zda tutilgan.

Terrasa

Majmuaning har bir blokida 170 dan 260 m² maydonga ega 4tadan 6tagacha terrasalar mavjud. Ular Italiyada ishlab chiqarilgan taxta plitalari bilan ta'mirlanib, tayyor holda topshiriladi. Bu to‘qqizinchi qavatdagi apartament egalari uchun eksklyuziv taklif. Shumtol daraxtidan ishlangan, termik qayta ishlovdan o‘tgan pol taxtalari chidamli va ekologik toza. Shu bilan birga, ular uchun yog‘ingarchilik yoki harorat o‘zgarishi ham qo‘rqinchli emas.

Terrasalarda yozgi oshxonalar uchun xonalar, ThyssenKrupp nemis kompaniyasining xonadonlar ichidagi liftlar uchun shaxtalar va barcha zaruriy aloqa simlari mavjud. O‘yin hududi, uy kinoteatri va bar hududlari uchun joylar tayyorlangan.

Avtoturargoh

Golden House majmuasining pastki qavatdagi platformasini 1 600 dan ortiq joy bo‘lgan ikki qavatli avtoturargoh egallagan. Avtoturargoh tizimining o‘ziga xosligi shundaki, har bir xonadonga bu yerda shaxsiy avtomobil o‘lchamlarini hisobga olgan holda 2tadan alohida to‘xtash joylari ajratilgan.

Tashqi ko‘rinishi

Mirabad Avenue binolarining tashqi qismi GRC panellari (Glass Reinforcement Concrete — steklofibrobeton) va Schüco kompaniyasining panoramali oyna tizimlaridan iborat. Ushbu materiallar iqlim hamda atmosfera ta'sirlariga bardoshliligi bilan ajralib turadi. Fasadning estetik komponenti O‘zbekistondagi birinchi interaktiv yoritish tizimlarini o‘z ichiga oladi.

Servis

Mirabad Avenue premium klassdagi rezidensiyasida barcha jamoat joylarining tozaligi MMG boshqaruv kompaniyasi tomonidan nazorat qilinadi. Keng, qulay qabulxonada turar joy aholisi va mehmonlarni konserj kutib oladi. U istalgan daqiqada avtomobilni yetkazib berishdan tortib, xizmat ko‘rsatuvchi xodimni chaqirishgacha – barcha maishiy masalalarda malakali yordam bera oladi.

Shoping avenyu

Golden House kompaniyasi Mirabad Avenue loyihasi bilan hamkorlik qilish uchun hamkorlarni sinchkovlik bilan tanlaydi. Podium Italia va FCN Group kabi yirik riteylerlar uchun mo‘ljallangan savdo do‘konlari majmua bo‘ylab 450 metrlik savdo ko‘chasida joylashadi. Shoping avenyuda restoran, qahvaxona va Shveytsariya soatlari, zargarlik buyumlari va yetakchi dunyo brendlari aksessuarlari distribyutori Geneve butiki ham joylashadi.

Murojaat uchun telefon: +998 78 777 77 78

Manzil: Toshkent, Mirobod ko‘chasi, Mirabad Avenue rezidensiyasi, D bloki.

Telegram ChatBot: @mirabad_avenue_bot

Telegram kanal: t.me/mirabad_avenue

Instagram: instagram.com/mirabad_avenue

Facebook: fb.com/mirabad.avenue

Sayt: mirabad.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid