Golden House Property Group MÇJga qonunbuziliş holatlarini ixtiyoriy bartaraf etiş yuzasidan körsatma berildi, deya xabar berdi Raqobat qömitasi.

Ijtimoiy tarmoq orqali «Tanqid uçun jarima undirilişi qonuniymi?» mazmunida qoldirilgan murojaat muhokamalariga sabab bölgan. Jumladan, uşbu murojaatda «Agar iste’molçi öz taşabbusi bilan şartnomani bekor qilsa, quriliş taşkiloti tölangan mablağning yoki şartnoma qiymatining 10 foizi miqdoridagi summani jarima sifatida uşlab qoliş huquqiga egaligi, şuningdek, mijozlar bu quruvçi korxona ustidan murojaat qilgan taqdirda uning işçanligi va obrösiga putur yetkazilgan deya yana unga jarima qöllanişi» ham bildirilgan.

«Qömita tomonidan olib borilgan örganişlarda Golden House kompaniyasi tomonidan uluş kiritiş asosida köp qavatli uydan xonadon xarid qiliş şartnomasi şartlarida iste’molçi öz taşabbusi bilan şartnomani bekor qilgan taqdirda hamda uşbu kompaniya faoliyatiga nisbatan norozilik bildirib OAV, tegişli idora va taşkilotlarga murojaat qilinişiga ham şartnoma qiymatining 10 foizi miqdoridagi summaning jarima sifatida uşlab qolinişi iste’molçi huquqlarini çeklab qöyadigan şartlardan biri ekani ma’lum böldi», deyiladi qömita xabarida.

Raqobat qömitasi tomonidan «Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi qonunning 4, 6, 21 va 23-moddalari talablari asosida Golden House Property Group MÇJga qonunbuzilişi holatlarini ixtiyoriy ravişda bartaraf etiş çoralarini körişi yuzasidan belgilangan tartibda körsatma berilgan.