Jahon | 18:10 / 24.06.2019
10094
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada ikki qiruvchi samolyot havoda to‘qnashib ketdi

Foto: AP Photo / Mindaugas Kulbis

Bundesverning ikkita Eurofighter qiruvchi samolyoti havoda to‘qnashib ketdi va Meklenburg-Old Pomeraniya federal yerida qulab tushdi. Bu haqda Focus nashri xabar bermoqda.

Uchuvchilar katapulta yordamida samolyotlarni tark etishgan, ammo ular jonsiz holda topildi.

To‘rtinchi avlod Eurofighter qiruvchi samolyotlari Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Saudiya Arabistoni, Avstriya va Ummon harbiy havo kuchlari ixtiyorida mavjud.

Mavzuga oid