Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya bosh vaziri 40 yil ichida Eronga ilk tashrifni amalga oshiradi
Foto: irna.ir
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe 12-14 iyun kunlari Eronga tashrif buyurib, prezident Hasan Ruhoniy va Eronning oliy rahnamosi oyatulloh Ali Homanaiy bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Yaponiya hukumati bosh kotibi Yosixide Suga Tokiodagi matbuot anjumanda ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, Abe 14 iyun kuni Yaponiyaga qaytadi. Ushbu tashrif Yaponiya bosh vazirlarining Eronga 40 yildan ko‘proq vaqt ichidagi ilk tashrifi bo‘ladi. Shuningdek, joriy yilda Yaponiya va Eron o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 90 yil to‘ladi.
Yaponiya bosh vazirlarining Eronga oxirgi tashrifi 1978 yilda yuz bergan.
Abe Eronga tashrifi arafasida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon muloqoti o‘tkazib, u bilan Erondagi vaziyatni muhokama qilgan.
Tramp may oyida Yaponiyaga tashrifi vaqtida Abening AQSh va Eron o‘rtasida vositachi rolini o‘ynamoqchiligiga qiziqish bilan qarashini aytgan. Tramp Yaponiya va Eron yetakchilari yaxshi munosabatlarda ekanliklarini qayd qilib o‘tgan.
Kyodo axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Abening Eronga bo‘lg‘usi tashrifi 24 may kuni Tokioda Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jon Bolton bilan suhbat davomida muhokama qilingan. Bundan oldin Yaponiya bosh vaziri 16 may kuni Tokioda Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif bilan uchrashgan. Abe, shuningdek, Eronga tashrifi yuzasidan Saudiya Arabistoni va BAA rahbariyati bilan maslahatlashuvlar o‘tkazgan.
Mavzuga oid
16:48
Eron AQShning Yaqin Sharqdagi ittifoqchilarini ogohlantirdi
15:42
Eron Rossiyaga qariyb 3 mlrd dollarlik raketalar sotgan
13:37
Germaniya, Fransiya, Italiya va Britaniya Eron elchilarini TIVga chaqirdi
13:29