Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Eron xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi
O‘zbekiston hukumati, dastlabki insonparvarlik yordami yuborilganidan ikki oy o‘tib, Eron xalqiga navbatdagi yordam yuklarini yetkazdi. 15 ta yuk mashinasidan iborat gumanitar yuk tarkibidan dori vositalari va tibbiy buyumlar o‘rin olgan.
Insonparvarlik yordami Turkmaniston–Eron chegarasidagi “Artik–Lyutfobod” nazorat-o‘tkazish punktida Eron tomoniga tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Tadbirda O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi Ravshan Alimov, Eronning Turkmanistondagi elchisi Ali Mujtabo Ro‘zbehoniy, Darg‘az shahri hokimi Mujtabo Bazmara va boshqalar ishtirok etdi.
Eron tomoni ushbu sinovli damlarda ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak uchun O‘zbekiston prezidenti va xalqiga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Ta’kidlanganidek, mazkur insonparvarlik tashabbusi O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik, o‘zaro hurmat, hamjihatlik va qo‘llab-quvvatlash ruhining yana bir yorqin ifodasidir.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tomoni urush domiga tushib qolgan Eron xalqiga insonparvarlik yordamining dastlabki partiyasini shu yil mart oyi o‘rtalarida yo‘llagan edi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.07.2026
Eron Ali Xominaiy bilan xayrlashadi
21:57 / 01.07.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi Eron oliy rahbarining dafn marosimida ishtirok etadi
22:59 / 30.06.2026
400 kg uran nega 60 foizgacha boyitilgan? Eron elchisining javobi
14:37 / 30.06.2026