O‘zbekiston | 09:56 / 27.11.2025
3538
2 daqiqa o‘qiladi

Daraxt ekish uchun ichimlik suvidan foydalanishga qo‘yilgan cheklov bahor va yozda bekor bo‘ladi

Prezident maslahatchisi Aziz Abduhakimov ma’lum qilganidek, daraxt ekish va parvarishlash uchun ichimlik suvidan foydalanishga qo‘yilgan cheklov kelgusi bahor va yoz oylarida bekor qilinadi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda ekologiyani muhofaza qilish yo‘nalishida so‘nggi kunlarda amalga oshirilayotgan tezkor chora-tadbirlar natijasida atmosfera havosi qisman bo‘lsa-da tozalangani sezilmoqda.

Ekologiyaning bugungi holati va prezident farmonida nazarda tutilgan o‘zgarishlar yuzasidan O‘zbekiston prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi, maxsus komissiya rahbari Aziz Abduhakimov brifing orqali ma’lumot berdi.

«Endilikda aholiga daraxt ekish va parvarishlashda yanada qulaylik yaratish maqsadida ichimlik suvidan aynan ushbu maqsadga foydalanishga qo‘yilgan cheklov bahor va yoz davrida bekor qilinadi», — dedi Aziz Abduhakimov.

Shuningdek, u tadbirkorlar va fuqarolar tomonidan maishiy havo tozalash uskunalari O‘zbekiston hududiga olib kirilganda bojxona bojidan ozod etilishini qayd etdi. Mazkur chora-tadbirlar aholi uchun qulay sharoit yaratish, atmosfera havosini yaxshilash va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgani ta’kidlandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid