Prezident Şavkat Mirziyoyev köçat ekiş tadbirida iştirok etar ekan, mamlakatda sönggi yillarda kökalamzorlaştiriş işlari keng kölamda amalga oşirilayotganini ta’kidladi. Qayd etilişiça, beş yil davomida har yili örtaça 200 million tup köçat ekilib kelinmoqda.
Ötgan davrda respublika böylab 2 ming gektardan ziyod maydonda yuzlab yaşil boğ va jamoat parklari barpo etildi, şuningdek, yuz minglab gektar yerlarda örmonzorlar taşkil qilindi. Orolning qurigan tubida ham keng kölamli kökalamzorlaştiriş işlari amalga oşirildi.
Yangi belgilangan vazifalarga köra, 2030 yilga qadar mamlakatda umumiy yaşillik darajasini 30 foizga, jon boşiga töğri keladigan yaşil hududlarni esa 10 kvadrat metrga yetkaziş rejalaştirilmoqda. Bu maqsadlarga erişiş uçun qator hududlarda yirik kökalamzorlaştiriş loyihalari amalga oşiriladi.
Jumladan, Surxondaryo viloyatida 10 ming gektar maydonda “yaşil makon” barpo etiş, Sirdaryoda “yaşil devor” yaratiş, Qoraqalpoğiston, Navoiy, Buxoro va Xorazm viloyatlarida katta maydonlarda yangi örmonzorlar taşkil etiş közda tutilgan.
Şuningdek, hududlarda botanika va dendrologiya boğlarini taşkil etiş, aholining bu jarayondagi iştirokini kengaytiriş hamda yoş mutaxassislarni tayyorlaşga qaratilgan “yaşil” texnikumlar faoliyatini yölga qöyiş vazifalari belgilandi.
Davlat rahbari ta’kidlaganidek, har bir ekilgan köçat nafaqat tabiatni muhofaza qiliş, balki kelajak avlodlar uçun soğlom muhit yaratişga xizmat qiladi.













