O‘zbekiston | 21:34 / 05.07.2020
17157
3 daqiqa o‘qiladi

Bir haftada 2087 nafar fuqaro Rossiyadan O‘zbekistonga qaytdi

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi so‘nggi bir hafta mobaynida qancha fuqaro charter reyslar orqali vatanga qaytarilgani va qancha vatandoshga moddiy ko‘mak ko‘rsatilgani bo‘yicha axborot berdi.

Ma'lum qilinishicha, 28 iyundan 5 iyulgacha 2087 nafar fuqaro Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarilgan.

Xususan:

  • 28 iyun, Moskva – Toshkent reysi – 252 kishi
  • 29 iyun, Moskva – Toshkent reysi – 254 kishi
  • 30 iyun, Moskva – Toshkent reysi – 275 kishi
  • 2 iyul, Sankt-Peterburg – Toshkent reysi – 188 kishi
  • 3 iyul, Novosibirsk – Toshkent reysi – 191 kishi
  • 3 iyul, Qozon – Toshkent reysi – 192 kishi
  • 4 iyul, Yekaterinburg – Toshkent reysi – 267 kishi
  • 5 iyul, Rostov – Toshkent reysi – 194 kishi
  • 5 iyul, Moskva – Toshkent reysi – 274 kishi

«Ushbu reyslarda birinchi navbatda keksa fuqarolar, salomatligi bilan muammosi bo‘lgan shaxslar, homilador ayollar va yosh bolali ayollar qaytarildi», – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 1 iyuldan e'tiboran O‘zbekiston fuqarolarini chet eldan olib kelish bo‘yicha reyslar tashkil etish uchun turoperatorlar va aviakompaniyalarga ham ruxsat berilgan.

Yakunlanayotgan haftada «Mehr» loyihasi doirasida qiyin vaziyatga tushib qolgan 583 nafar O‘zbekiston fuqarosiga umumiy qiymati 3 744 863 rubl miqdorida moddiy yordam ajratilgan.

  • 3 nafar imkoniyati cheklangan shaxs
  • 59 nafar qaramog‘ida ikki yoshgacha farzandlari bor yoki homilasi yetti oydan oshgan ayol;
  • 17 nafar COVID-19 tasdiqlangan vatandosh;
  • 451 nafar Rossiya oliy o‘quv yurtlari kunduzgi bo‘limida tahsil olayotgan talaba shular jumlasidan.

Ta'kidlanishicha, «Mehr» loyihasi boshlangandan beri (14 maydan 5 iyulga qadar) 5 667 nafar fuqaroga 35 456 834 rubl miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatilgan.

«Hafta mobaynida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi tomonidan Moskva shahri hostellarida 20 nafar fuqaromizning yashash va ovqatlanishi uchun pul to‘lab berildi. O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi 33 nafar vatandoshimizning yashash va ovqatlanish xarajatlarini qopladi», – deyiladi relizda.

Bundan avval, elchixona Rossiya–Qozog‘iston chegarasidan o‘tkazib qo‘yishni va'da qilayotgan shaxslarga ishonmaslikni so‘ragani ma'lum qilingan edi.

Mavzuga oid