2023 yil boşidan 2024 yil örtalarigaça bölgan 1,5 yil davomida Rossiya sudlari Rossiya hukumati «çet el agentlari» deb hisoblagan şaxslarga jami 25,8 million rubl miqdorida 620 ta jarima soldi. Bu haqda 6 yanvar, duşanba kuni TASS davlat agentligi Rossiya Oliy sudi sud departamentiga tayanib xabar berdi.

«2023 yilda Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 19.34-moddasi (çet el agenti faoliyati tartibini buziş) böyiça jami 15 million 172 ming rubl miqdorida jarima soliş böyiça 368 ta qaror qabul qilindi; 2024 yilning birinçi yarmida uşbu modda böyiça jami 10 million 641 ming rubl miqdorida 252 ta jarima solingan», — deyiladi naşrda.

Ta’kidlanişiça, «bu mablağlarning 3,996 million rubli 1,5 yil davomida undirilgan yoki ixtiyoriy ravişda tölangan». Butun 2024 yil uçun «çet el agentlari»ga jarimalar töğrisidagi ma’lumotlar bahorda umumlaştirilişi kutilmoqda.

TASS agentligi keltirgan sud statistikasiga köra, yuqorida qayd etilgan davrda «çet el agenti» faoliyati tartibini buzganlik uçun jismoniy şaxslar 471 ta holatda, yuridik şaxslar 70 ta holatda va taşkilotlarning mansabdor şaxslari 67 ta holatda javobgarlikka tortilgan. «2024 yilning birinçi yarmida jarimaga tortilgan 252 nafar fuqaroning 57 nafari ayollardir. Beşta holatda xorijiy fuqarolarga jarima solindi», — deyiladi agentlik xabarida.

Ma’lumotlarga köra, Rossiya Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil dekabridan beri yuritilayotgan «çet el agentlari» reyestrida hozirda 906 nafar jismoniy şaxslarning ismi va taşkilotlarning nomlari mavjud.

Rossiyada «Transperensi» va Ligalayz «çet el agentlari» deb e’lon qilindi

Rossiya Adliya vazirligi korrupsiyaga qarşi «Transperensi Interneşnl-Rossiya v izgnanii» («TI-Rossiya v izgnanii»), reper Ligalayz (Andrey Menşikov), jurnalistlar Aleksey Kovalyov va Danil Belyakov, «Strana i mir. Sakharov Review» naşriyoti, pravoslav ruhoniysi Andrey Lvovni «çet el agentlari» deb e’lon qildi. «Çet el agentlari»ning yangilangan reyestri 27 dekabr kuni vazirlik saytida e’lon qilindi.

2015 yilda «Transperensi Interneşnl-Rossiya» («TI-Rossiya»)  yuridik şaxsi Rossiya Federatsiyasida «çet el agentlari» reyestriga kiritilgan. Biroq, Rossiya Boş prokuraturasi Transparency International xalqaro harakatini «nomaqbul taşkilot» deb tan olganidan söng, «TI-Rossiya» tugatildi. 2023 yilning kuzidan buyon taşkilot «Transperensi Interneşnl-Rossiya v izgnanii» nomi ostida faoliyatini xorijda davom ettiryapti.