Özbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi axboroti e'lon qilindi.
Unga köra, koronavirus infeksiyasi bilan kasallaniş holatlari kamaymagan davlatlardan («qizil» reyslar) Özbekistonga kirib kelayotgan fuqarolarga öz hohişiga köra 14 kunlik karantin nazorati davrini haqini tölagan holda mehmonxonada ötkazişning vaqtinçalik tartibi tasdiqlandi.
Xususan:
- Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi va Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi tomonidan şakllantirilgan röyxatga kiritilgan mehmonxonalar ularga tegişli obektlarni 24 soat uzluksiz qöriqlaş böyiça Milliy gvardiya bilan şartnoma tuzadi;
- uşbu mehmonxonalarda tibbiyot muassasalari tomonidan şartnoma asosida kundalik tibbiy xizmat taşkil etiladi;
- fuqarolar respublikaning xalqaro aeroportlari va çegara ötkaziş punktlaridan mehmonxonalargaça yöl patrul xizmati vakillari kuzatuvi ostida transport vositalari bilan yetkaziladi.
Bundan taşqari, barça yuqorida qayd etilgan talablarga qat'iy rioya etgan holda, karantin nazorati davrini ötkaziş uçun mehmonxonalarda joylaştiriş şarti bilan xorijiy mamlakatlardagi Özbekiston Respublikasi fuqarolari va Özbekiston Respublikasida doimiy yaşaş joyiga ega bölgan fuqaroligi bölmagan şaxslarni turoperatorlar va aviataşuvçilar tomonidan ham respublikaga yetkazib keliş reyslari taşkil qilinişiga ruxsat berildi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasiga karantin davrida investitsiya loyihalari doirasida vizasiz 30 kungaça kelişi mumkin bölgan davlatlardan jalb qilingan mutaxassislar uçun istisno tariqasida Özbekistondan hududidan çiqmasdan turib işbilarmonlik kiriş vizasi (biznes viza) olişga ruxsat beriladi.













