Braziliyaning Aviahalokatlarni örganiş va oldini oliş markazi (CENIPA) 25 dekabr kuni Qozoğistonning Oqtov şahri yaqinida halokatga uçragan AZAL aviakompaniyasining Embraer 190 samolyoti «qora quti»lari tahlilini yakunladi. Bu haqda G1 portaliga tayanib Anadolu xabar berdi.

Tekşiruvda iştirok etgan manbalarga köra, «ikkita qayd qiluvçi qurilmadagi ma’lumotlarni oliş va tekşiriş jarayoni» 4 yanvar kuni yakunlangan.

Ta’kidlanişiça, Qozoğiston, Ozarboyjon va Rossiya vakillari ma’lumotlarni tahlil qiliş işlarini kuzatiş uçun Braziliyaga kelgan. Ular qutilarni oçiş jarayonida hozir bölgan.

Endi «qora quti»lardan olingan ma’lumotlar avariyani tahlil va tergov qiliş uçun mas’ul bölgan Qozoğiston aviahalokatni tekşiriş qömitasiga topşiriladi.

«Qora quti»lardagi yozuvlarda nimalar aniqlangani hozirça noma’lum. Avariyani tekşiriş natijalari yakuniy hisobotda Qozoğiston aviahalokatni tekşiriş qömitasi tomonidan e’lon qilinişi kutilmoqda.

25 dekabr kuni AZAL aviakompaniyasining Boku-Grozniy reysini amalga oşirayotgan yölovçi Embraer 190 samolyoti Oqtov yaqinida halokatga uçradi. Samolyotda bölgan 67 kişidan 38 nafari halok bölgan edi. Bu rusumdagi samolyotlar Braziliyada işlab çiqariladi.