Jahon | 22:33 / 10.08.2025
5259
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda eng badbashara kuchuk egasiga 5000 dollar mukofot berildi

Kuchuk NBC telekanalining «Today» shousida qatnashadigan bo‘ldi.

Foto: AP

Fransuz va ingliz buldoglaridan dunyoga kelgan Petuniya laqabli kuchuk AQShda o‘tkazilgan «Dunyodagi eng badbashara kuchuk» tanlovida g‘olib chiqdi, deb xabar berdi New York Times. 

Petuniya Kaliforniya shtatida bo‘lib o‘tgan tanlovga Oregon shtatidan qatnashdi. Tanlovda hammasi bo‘lib 10ta it ishtirok etgan.

Tanlovda g‘olib chiqqani uchun uning egasiga 5000 dollar mukofot berildi hamda kuchuk NBC telekanalining «Today» shousida qatnashadigan bo‘ldi.

Mavzuga oid