Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bedarak yo‘qolgan 14 yoshli qiz qidirilmoqda
2004 yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyati Toshkent tumani Keles shahridagi 18-maktab o‘quvchisi G‘afurova Visola Ravshan qizi qidirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma'lum qildi.
Xabarda aytilishicha, u 29 noyabr kuni soat taxminan 12 da Toshkent shahri Mirzo-Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasida joylashgan qarindoshining uyidan chiqib, bedarak yo‘qolgan.
Belgilari: bo‘yi 150 sm, sochlari uzun va yorqin jigar rang, gavda tuzilishi o‘rtacha. Egnida qora palto, qora shim va mexli etiklar bo‘lgan.
Toshkent shahar IIBB uning qayerdaligi haqida ma'lumotga ega bo‘lganlardan 102 raqami orqali xabar berishlarini so‘ragan.
Mavzuga oid
18:15 / 02.05.2026
Toshkentning uchta tumanida issiq suv 5 kunga o‘chiriladi
11:09 / 02.05.2026
Toshkent metrosining yer usti halqa yo‘li soat 5:00 dan ishlay boshladi
18:50 / 30.04.2026
Toshkent – Xiva yo‘nalishida «Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdi qatnovi 3 maydan boshlanadi
19:13 / 29.04.2026