Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashqi migratsiya: Janubiy Koreya O‘zbekiston uchun qancha kvota ajratadi?
Foto: Xalq so‘zi
Xorijda ishlash ko‘pchilik fuqarolarimizni qiziqtirishi tayin. Xo‘sh, bugungi kunda Janubiy Koreya Respublikasi boshqa davlatlardan ishchi kuchlarini jalb qilish maqsadida qancha kvota ajratmoqda? O‘zbekiston uchun-chi?
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi bo‘lim boshlig‘i Azim Ahmatov “Xalq so‘zi” nashriga ushbu savollarga quyidagicha izoh berdi:
— Bugungi kunda Rossiya Federatsiyasi va Janubiy Koreya Respublikasida ko‘plab fuqarolarimiz ishlayapti. Birgina Janubiy Koreya yigirmaga yaqin davlatlarga o‘rtacha 55000 — 58000 kvota ajratmoqda. Shundan uch mingga yaqini O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi. Talab esa ancha yuqori, ya'ni ayni paytda o‘rtacha 20 mingdan ortiq hamyurtlarimiz Koreyada ishlash istagini bildirgan. Bu raqamlar talab hamda taklifdan kelib chiqib o‘zgarishi mumkin.
Agentlik ko‘magida o‘tgan yili 2613 nafar fuqaro Koreya Respublikasiga, 922 nafari esa Rossiyaga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborildi. 2710 nafar nomzod esa, koreys tilidan test sinovidan o‘tgan va ular nomiga ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasi yo‘llangan.
Joriy yilda Janubiy Koreya va Rossiya davlatlarida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining vakolatxonalarini ochish, shuningdek, Polsha, Yaponiya, Germaniya, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
14:54 / 08.01.2026
Til sertifikati, ishchi viza, chipta: migratsiya jamg‘armasidan kompensatsiya beriladi
16:33 / 06.01.2026
«Rasm sifati yaxshi, to‘g‘rimi?» - Li Xitoy bilan munosabatlarni tiklashga urinmoqda
13:19 / 05.01.2026
Germaniyada boshpana bo‘yicha berilgan arizalar soni 51 foizga kamaydi
23:08 / 03.01.2026