Jahon | 11:20 / 15.04.2026
2273
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada barcha uchun bepul bazaviy mobil internet joriy qilinadi

Janubiy Koreyada operatorlar abonentlarga oylik limit tugaganidan keyin ham 400 kbit/s tezlikda mobil internetdan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu tezlik xabarlar yuborish yoki xaritalardan foydalanish uchun yetarli bo‘lishi kerak.

Janubiy Koreya Fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vazirligi mobil internetdan bazaviy bepul foydalanish imkoniyati joriy etilishini e’lon qildi. Bu haqda Yonhab axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, operatorlar abonentlarga oylik limit tugaganidan keyin ham 400 kbit/s tezlikda mobil internetdan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu tezlik xabarlar yuborish yoki xaritalardan foydalanish uchun yetarli bo‘lishi kerak. Mazkur tashabbus mamlakatning uchta yirik aloqa operatori — SK Telecom, KT va LG Uplus tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar limitsiz tarif rejasiga ega bo‘lmagan 7 milliondan ortiq abonentga foyda keltiradi va ularga yiliga 322 milliard von (taxminan 218 million dollar) miqdoridagi mablag‘ni tejash imkonini beradi.

Shuningdek, hukumat aloqa kompaniyalardan narxi 20 000 vongacha (taxminan 13,5 dollar) bo‘lgan arzon 5G tariflarini ishga tushirish, yoshi katta foydalanuvchilar uchun internet trafik va qo‘ng‘iroq daqiqalari paketlarini kengaytirish, shuningdek metro va shaharlararo poyezdlarda Wi-Fi sifatini yaxshilashni talab qilyapti.

Достон Аҳроров
Tayyorlagan Достон Аҳроров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid