Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pichoq voqeasiga sababchi Milliy gvardiya xodimi xizmatdan chetlashtiriladi
Elektron OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Milliy gvardiya hamda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv tasvirlangan video tarqaldi.
Unda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi ko‘ngilochar joylardan birida o‘tkazilgan tekshiruvda Milliy gvardiya xodimi binoning karaoke xonasiga kirib, yostiq ostiga pichoq qo‘yib xonadan chiqib ketgani, keyin xonaga boshqa xizmat vakillari bilan kirib tekshiruv o‘tkazilgani va pichoq “fosh” etilgani aks etgan.
O‘zA ushbu holat bo‘yicha Milliy gvardiya matbuot xizmati rahbari Davron Jumanazarov bilan bog‘landi. Uning qayd etishicha, bu holat haqiqatdan Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida sodir bo‘lgan. Mazkur voqea bo‘yicha Milliy gvardiya rahbariyati o‘sha vaqtning o‘zidayoq xabardor qilingan.
Matbuot xizmati boshlig‘i ta'kidlashicha, ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda. Mazkur harbiy xizmatchi F.Sh.ga nisbatan albatta tegishli jazo chorasi ko‘riladi va Milliy gvardiya safidan chetlashtiriladi.
Har qanday salbiy xatti-harakatlar sodir etgan harbiy xizmatchilarga Milliy gvardiya Qo‘mondonligi tomonidan qattiq choralar ko‘riladi. Milliy gvardiya safida yurt tinchligi, xalq osoyishtaligi uchun fidoyi bo‘lganlar xizmat qiladi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
15:37 / 17.12.2025
Qo‘qonlik tabib 10 sutkaga qamaldi
15:41 / 16.12.2025
«Qo‘qonlik tabib» yana sudga berildi
12:50 / 29.11.2025
Mahallalar, turistik maskanlar va maktablarda qo‘riqlash kuchaytiriladi
08:20 / 28.11.2025