Qarorga köra, Milliy gvardiya Qöriqlaş boş boşqarmasi Içki işlar vazirligi huzuridagi Qöriqlaş departamenti etib qayta taşkil etildi. Departament:

  • şartnoma asosida davlat, öta muhim, toifalangan va boşqa obektlar, ta’lim muassasalari, savdo, xizmat körsatiş, köngiloçar va quriliş obektlarini zamonaviy usullar orqali qöriqlaydi;
  • qöriqlanayotgan obektlarda içki tartib va nazorat rejimlarini ta’minlaydi;
  • qöriqlaş faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etadi;
  • qöriqlanadigan obektlarga örnatilgan qöriqlaş texnik vositalari va tizimlariga xizmat körsatiş huquqiga ega böladi.

Kriminogen vaziyati oğir hududlardagi mahalla huquq-tartibot maskanlari tuzilmasiga qöriqlaş xizmati inspektori lavozimi kiritiladi. Şuningdek, şunday hududlarda, turistik infratuzilma obektlarida va ommaviy dam oliş joylarida Qöriqlaş departamentining qöriqlaş-patrul xizmati naryadlari taşkil etiladi.

Qarorda “Xavfsiz ta’lim” konsepsiyasi joriy etilişi ham nazarda tutilgan bölib, u quyidagilarni öz içiga oladi:

  • davlat va nodavlat ta’lim taşkilotlari, şuningdek xorijiy ta’lim muassasalari filiallarini şartnoma asosida jismoniy va texnik qöriqlaş tizimlari orqali himoya qiliş;
  • ta’lim muassasalarida qöriqlaş signalizatsiyalari, “taşviş tugmalari”, videokuzatuv moslamalarini örnatiş va ularga texnik xizmat körsatiş.