Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Videoselektorda. «Nozirlarga sharoitlarni yaratib beramiz, keyin ish talab qilamiz»
30 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev belgilangan vazifalar ijrosi, tizimdagi muammolar va sohalarning rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazdi.
Majlis 4 soatga yaqin vaqt davom etgan. Prezident majlisdan avval Toshkent shahrini aylanganida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlaridan, mahallalardagi ahvoldan qoniqish hosil qilmagani ma'lum bo‘lgan.
Prezident shahar rahbariyatiga kamchiliklarni to‘g‘rilash uchun 2 oy muddat bergan.
Videoselektorda ishtirok etgan manbaning ma'lumot berishicha, prezident asosan Ichki ishlar tizimidagi kamchiliklar haqida gapirdi.
Prezident sobiq Ichki ishlar vaziri Adhamjon Ahmedboyev faoliyatini qattiq tanqidli so‘zlar bilan eslagan.
Shavkat Mirziyoyev mahallalardagi uchastka nozirlarining ish sharoitlarini yaxshilash zarurligiga e'tibor qaratgan. Nozir qaysi mahallada ishlasa, aynan shu mahallada yashashi kerakligi aytilgan. Shunga ko‘ra, xodimlar uchun davlat tomonidan namunali turar joylar qurib beriladi. Bu ishlarni prezident shaxsan nazorat qiladi.
«Uy berishga shoshilmanglar. Ishim ko‘p bo‘lsa ham uylarni o‘zim ko‘rib chiqaman. Vaqtim yetmasa, Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev To‘lqinovich borib, albomlarni olib keladi va o‘zim ko‘rib, qo‘l qo‘yib beraman. Uylar shunchaki qurilmasligi kerak. Bundan tashqari, nozirlarga xizmat avtomobillari topshiriladi», degan prezident.
Shuningdek, maxsus tayyorlanayotgan yo‘riqnomaga ko‘ra uchastka nozirlari qasamyod qabul qiladi.
«Xalq ham, nozir ham bilsin bu davlat borligini. Nozirlarga hamma sharoitlarni yaratib beramiz, keyin ish talab qilamiz», deya ta'kidlagan prezident.
Mavzuga oid
22:40 / 27.07.2025
Shaolin ibodatxonasi bosh rohibi qasamyodni buzish va talon-torojda gumonlanmoqda
23:29 / 21.01.2025
Prezidentlar nega qasamyod qiladi?
12:03 / 14.07.2023
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti sifatida qasamyod qildi
11:33 / 02.12.2022