9 iyul kuni bölib ötgan muddatidan ilgari saylovda Özbekiston prezidenti etib qayta saylangan Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining juma kuni bölib ötgan qöşma majlisida qasamyod qabul qilib, davlat rahbari lavozimiga kirişdi.

Inauguratsiya Senat binosida bölib ötdi. Marosim boşlanişidan avval Senat majlislar zaliga ştandart (bayroq) va prezident belgisi olib kirildi.

Parlament quyi va yuqori palatalarining qöşma majlisida Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxöjayev Şavkat Mirziyoyevga prezident guvohnomasini topşirdi.

Söng Şavkat Mirziyoyev qasamyod qildi. Prezident quyidagi sözlarni aytdi:

«Menga yuksak işonç bildirib, Özbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylagan barça yurtdoşlarimga yana bir bor çin qalbimdan samimiy minnatdorçilik bildiraman.
 
Muqaddas Vatanimiz timsoli va mustaqilligimiz ramzi bölgan Özbekiston Respublikasi davlat bayroğiga, madhiyamiz va gerbimizga, menga topşirilgan Prezidentlik Oliy nişoni va bayroğiga yuksak hurmat bajo keltiraman.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanişimni men inson huquq va erkinliklarini, xalq manfaatini ta’minlaşga qaratilgan siyosatimizning yana bir yuksak e’tirofi sifatida qabul qilaman».