Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Dadam betob” filmining OAV vakillari uchun namoyishi bo‘lib o‘tdi
Toshkentning Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida “Dadam betob” badiiy filmining ommaviy axborot vositalari vakillari uchun namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Film «Sog‘lom ona va bola yili" Davlat dasturi ijrosi doirasida “O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga binoan “O‘zbekfilm” kinostudiyasida suratga olingan.
Filmda o‘zbek xalqining oilaparvar, yurtparvar ekani, oilani muqaddas bilishi, milliy an'analarga sodiqligi tarannum etilgan. Hayotiy va ta'sirchan lavhalarda ozod va obod Vatanimizni, mustaqilligimizni, tinchlik va osoyishtalikni ko‘ra olmagan yovuz kuchlar qoralanadi. Kinoasar voqealari musaffo osmonimizni, baxtiyor, to‘kin va farovon hayotimizni qadrlashga, ularni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashda mas'uliyatni astoydil his etishga chorlaydi.
Stsenariy muallifi va postanovkachi rejissyor – Zulfiqor Musoqov.
Postanovkachi operator – Aziz Arziqulov.
Postanovkachi rassom – Mariya Sashina.
Asosiy rollarni Feruza Saidova, Yulduz Rajabova, Farhod Abdullayev, Bahriddin Abdullayev, Xayrulla Sa'diyev kabi aktyorlar ijro etgan.








Mavzuga oid
09:02 / 30.12.2025
Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi
12:40 / 26.12.2025
“Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun yangi liniya quriladi
23:34 / 25.12.2025
Toshkent shahri uchun dizayn-kod ishlab chiqildi
16:25 / 25.12.2025