Toşkent şahar hokimining transport va yöl infratuzilmasi masalalari böyiça örinbosari lavozimiga Abdurahmon Abduraşidoviç Baxtiyev tayinlandi.
Abdurahmon Baxtiyev 1984 yilda tuğilgan. Ma’lumoti — oliy. U 2007 yilda Toşkent davlat yuridik institutini, 2012 yilda esa Jahon iqtisodiyot va diplomatiya universitetini tamomlagan.
Ma’lum qilinişiça, Abdurahmon Baxtiyev 2019 yildan buyon Özbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasida mas’ul xodim lavozimida işlab kelgan.
Mazkur tayinlov Toşkent şahrida transport tizimini takomillaştiriş, yöl infratuzilmasini rivojlantiriş va sohadagi loyihalar ijrosini muvofiqlaştiriş işlarini yanada samarali taşkil etişga qaratilgan.












