Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1200dan ortiq fuqaro Toshkent viloyati adliya boshqarmasiga murojaat bilan chiqdi
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan inson huquqlarini himoya qilish borasida o‘tgan davr mobaynida qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, fuqarolardan kelib tushgan 1 200 dan ortiq murojaatning qariyib 600 tasi ijobiy hal etildi, 500 dan ortig‘i bo‘yicha zarur huquqiy tushuntirishlar berildi. Qolgan murojaatlar ko‘rib chiqish jarayonida. Bu haqda KUN.UZ’ga boshqarma Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Misol uchun, fuqaro Z.Qurbonovning pensiyasi o‘z vaqtida tayinlanmaganligi haqidagi murojaatiga asosan Olmaliq shahar adliya bo‘limi tomonidan kiritilgan taqdimnoma bo‘yicha shahar Pensiya jamg‘armasi bo‘limining aybdor xodimi intizomiy jazoga tortilib, fuqaro Z.Qurbonovga pensiya tayinlandi.
Ta'kidlash joizki, o‘tgan davr mobaynida Toshkent viloyatida 900 ga yaqin sayyor qabul tashkil etildi.
Bundan tashqari, turar-joylariga nisbatan mulk huquqini e'tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida joriy yilning 24 oktabr kuniga qadar 881 nafar fuqaroning o‘zboshimchalik bilan qurgan uy-joylariga nisbatan mulk huquqi e'tirof etilib, tegishli tashkilotlar hamkorligida ularning kadastr hujjatlari o‘z egalariga topshirildi.
Ushbu sohada ish faoliyatini lozim darajada tashkil etmagan tuman (shahar) komissiyasi a'zolarining 40 nafari adliya bo‘limlari kiritgan takliflar asosida ma'muriy javobgarlikka tortildi.
Shu bilan birga Toshkent viloyatining davlat notarial idoralari notariuslari tomonidan mahallalarda uchrashuvlar o‘tkazish va sayyor notarial harakatlarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratib kelinayotgan bo‘lib, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 3 600 dan ortiq sayyor notarial xarakat amalga oshirildi.

Mavzuga oid
21:34 / 08.04.2026
Toshkent viloyatida 400 gektar maydonda xalqaro innovatsion tibbiyot shaharchasi barpo etiladi
19:24 / 07.04.2026
Toshkent viloyatida bolani uxlamagani uchun haqoratlab, urgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi
18:54 / 06.04.2026
Chegaradan ko‘p miqdordagi giyohvand moddalar olib kirilishiga chek qo‘yildi
07:51 / 02.04.2026